Similar Songs
Credits
AUSFÜHRENDE KÜNSTLER:INNEN
Konsta
Künstler:in
KOMPOSITION UND LIEDTEXT
Sharifjon Abdullayev
Texte
Alinur Rashidov
Komponist:in
Lyrics
Yoshlikda qahramonlar kinoda
Shunaqa bo'laolarmikan odam
Плащ'i hilpirab uchar samoda
Ular bizni asraydi balodan
Mushaklari ko'rinardi toshdek
Menimcha dadamdan ham kuchli
Ko'zidan nur sochardi quyoshdek
Yuta olmaydi hatto Bruce Lee
Kattaroq bo'lib izladim ularni
Kinolardaka qahramonlarni
Ularga yordam bersam bo'lardi
Men bilardim ko'plab yomonlarni
Izladim плащ taqqanlarni
Savlatli, gavdalilar ichidan
Ko'rdim juda kattalarni
Hech kim kuchlimas u darajada
Osmonda ham uchmadi kimdir
Ko'zlardan ham olov chiqmadi
Demak qoldi ular yoshligimda
Balki bordir qandaydir hikmati
Hayot xuddi yo'qotdi rangini
Axir, qahramonlarsiz qiyin
Bir xil kunlar bo'lmaydi yangilik
Kerak qahramonlar sizgayam
Atrofda oddiy odamlar to'la
Bajaradi har kuni bir xil ishni
Ular toza qiladiku yo'lim
Men bilaman faqat kir qilishni
Oddiygina kiyimlarda ular
Ba'zan halat, ba'zida uniforma
Aslida chin qahramonlarku shular
Shuncha yillar yashadim shuni ko'rmay
Belini ayamay sovuqlarda
Ishlaydi qilmasdan kinoya
Ular yurmasa ham sovutlarda
Bizni har kun qiladi himoya
Bildim dadamni charchagan qo'llari
Qaytaga Van Damme'nikidanam zo'rroq
Yaxshilab ko'rsam hayotta to'la rang
Va kerak emas buning uchun Zorro
Qahramonlar yonginamizda
Har kuni qilishadi bir xil ishni
Ayamay tun-u tongini bizdan
Ulardan o'rgan sabr qilishni
Qahramonlar плащ kiymas ekan
Ular kuchli emas pahlavondek
Bu oddiy odamlar oddiymas ekan
Ular chinakam "qahramonlar"!
Oh-oh-oh-oh, qahramonlar - otalar!
Oh-oh-oh-oh, shu, qahramonlar - onalar!
Oh-oh-oh-oh, bizga berib qanotini
Bag'ishlab hayotini, asli qahramonlar ushalar!
Oh-oh-oh-oh, qahramonlar - otalar!
Oh-oh-oh-oh, shu, qahramonlar - onalar!
Oh-oh-oh-oh, bizga berib qanotini
Bag'ishlab hayotini, asli qahramonlar ushalar!
Ular o'z ishini qiladi katta pullar kutmay
Ularni ishlari ko'rinmaydi, to'plamaydi like
O'z burchini o'ylab o'zini hecham o'ylamaydilar
Ular haqida qo'shiqlar ham juda kam aytilar
Ular tinmay ishlaydi oilasini asrash uchun xavfdan
Ular tinmay ishlaydi oberaman deb kitob-daftar (farzandlariga)
Ular uyim-joyim deb olti kun ishlaydi har hafta (ko'chada)
Ular sovuq qotadi oilasi qolmasin deb zahda
Hammasi yaxshi deya, qolmasa ham идея
O'zini katta deb, qiladi jim ishini
Kichkina-kattagayam doim xizmatda
Keyin biladi, baxt ungayam bir kun qaytishini
Zor emas maqtovgayam, achinmas vaqtigayam
Yo'li aniq uni, yuz foiz shu ayon
Bu zamon, shu chinakam qahramon
Axir, kino emas - bu hayot!
Qahramonlar yonginamizda
Har kuni qilishadi bir xil ishni
Ayamay tun-u tongini bizdan
Ulardan o'rgan sabr qilishni
Qahramonlar плащ kiymas ekan
Ular kuchli emas pahlavondek
Bu oddiy odamlar oddiymas ekan
Ular chinakam "qahramonlar"!
Oh-oh-oh-oh, qahramonlar - otalar!
Oh-oh-oh-oh, shu, qahramonlar - onalar!
Oh-oh-oh-oh, bizga berib qanotini
Bag'ishlab hayotini, asli qahramonlar ushalar!
Oh-oh-oh-oh, qahramonlar - otalar!
Oh-oh-oh-oh, shu, qahramonlar - onalar!
Oh-oh-oh-oh, bizga berib qanotini
Bag'ishlab hayotini, asli qahramonlar ushalar!
Lyrics powered by www.musixmatch.com