Lyrics

Taqdirimiz bog'lanar bugun
Yosh ko'nglimda orzularim mo'l
Siz-la baxtim bo'lgaydir butun
Oldimizda hayot degan yo'l
Umr asli abadiy emas
Sen deb yashay oldim har nafas
Uyimga baxt, nur bo'lib kelgin
Shunda bizga qilishar havas
Muhabbatim osmonida porlab turgan yulduzlarim baxsh etay bu oqshom
Sevgilim sen uchun
Muhabbatim eng sehrli har bir kecha-kunduzlarim baxsh etay bearmon
Yolgizim sen uchun butun umrim
Baxtimga siz sog' omon boling
Doim mening yonimda yuring
Shodlig-u g'am, sog'-hastalikda
Men ishongan tog' bo'lib turing
O'zing san yuragimning gavhari
Hayotimning asl javhari
Yolg'izim, vafodorim, yagonam
Ish o'tida yongan parvonam
Muhabbatim osmonida porlab turgan yulduzlarim baxsh etay bu oqshom
Sevgilim sen uchun
Muhabbatim eng sehrli har bir kecha-kunduzlarim baxsh etay bearmon
Yolgizim sen uchun
Muhabbatim osmonida porlab turgan yulduzlarim baxsh etay bu oqshom
Yolg'izim sen uchun
Muhabbatim eng sehrli har bir kecha-kunduzlarim baxsh etay bearmon
Sevgilim siz uchun butun umrim
Written by: Shahzoda
instagramSharePathic_arrow_out