Lyrics

Yana o'sha ovoz, yana o'sha lirika Taniganing kamina, rapdan o'tmadi nariga Erishmadim hech nimaga, o'tib ketdi shuncha yil Bazida bezdim mehnatdan, deb boriga baraka Qo'llarim bormaydi hech ham, yozaman desam alamdan Ichimga yutib g'azab yana aqldan ozaman Charchadim ota, charchadim ota Siz ketganizdan beri har doim, qorong'u xonam Bayramu to'y xasham, yuragimni ezib boradi G'amli quvonchli kunlarimda, yodimdasiz ota Yonimda qolmadi hech bir kimsa, ishonganlarim Siz ketganizdan keyin, sochlari oqardi onam Hayotimdan nolimadim, toki ushbu kungacha Olloxim o'zing kechirgin, bo'lsa aybim boricha Ko'plari aytardi otang, bekor ichishni tashladi Lekin qanday javob berardi, yaratgan oldida Armon bo'ldi duolaringiz Hayotim endi go'yoki rangsiz Arosatda yondim har kecha Bu yolg'on dunyo ekan qaltis Ko'zlarimga to'lganda qon Yonimdamassiz otajon Qani hatoyim qani aybim Javobsiz savollar charchadim Mast bo'lib kelsam hohlardim Ko'rinmaslik ko'zlarizga Ichimni tirnaydi alam, ko'rsam gar tengdoshlariz Charchadim ota, ovunib suratlarizga Kiyimlarda hidlaringiz, qoldi men uchun aziz Esimda hammasi, yoshligim o'tdi beg'ubor Lekin undagi orzular, bo'ldi hammasi bekor Kutardim intizor, siz bo'lishingiz sog' omon Voz kechardim hammasidan, qani bo'lganda imkon Bu dunyoda boyligim, endi o'zingiz onajon Ey olloxim asragin, onamni o'z panoxingda Yosh umrini qildi hazon, bolam bo'lsin deb har on Yaratgan egam kechirgin, bo'lsa gunohlaridan To'rt tomonim tumanda, terlab halol ishladim Bazan mehnat qildim loy kechib, hattoki tonggacha Umrim o'tkazmadim, otam puliga sharob ichib Bu hayot arzimas, qabul qildim boricha Armon bo'ldi duolaringiz Hayotim endi go'yoki rangsiz Arosatda yondim har kecha Bu yolg'on dunyo ekan qaltis Ko'zlarimga to'lganda qon Yonimdamassiz otajon Qani hatoyim qani aybim Javobsiz savollar charchadim Mani Otam mani, faxrim Пахан emas Mani otam berdi,tarbiya g'animat Shu kunlarni korish, nasib etmadi Ilohim Otajon, joyiz bo'lsin jannat Mani Otam mani, faxrim Пахан emas Mani otam berdi,tarbiya g'animat Shu kunlarni korish, nasib etmadi Ilohim Otajon, joyiz bo'lsin jannat
Writer(s): Miraxmatov Sirojiddin Maxmud O'g'li Lyrics powered by www.musixmatch.com
instagramSharePathic_arrow_out